13:32 / 22.11.2022
15100

Shavkat Mirziyoyev Fransiya assambleyasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi davom etmoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari kecha Fransiya taraqqiyot agentligi rahbariyati hamda ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. 

Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, bugun Prezident Mirziyoyev Fransiya assambleyasiga tashrif buyurdi. Bu yerda davlatimiz rahbari assambleya raisi Yael Braun-Pive xonim bilan uchrashdi. 

Qayd etish kerakki, parlamentlararo hamkorlik O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining muhim bo‘lagi hisoblanadi. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida Fransiya Senati va Milliy assambleyasi bilan do‘stlik guruhlari tuzilgan.

Top