23:33 / 22.11.2022
20481

Shovot tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi 

Xorazm viloyati, Shovot tumani hokimi Artiqov Odilbek Sa’dullayevich intizomiy jazoga tortildi.

Foto: Shovot tumani hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimi Farhod Ermanov farmoyishiga ko‘ra, unga Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan. 

Jazo sababi sifatida «Ish faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmasdan, xizmat intizomini buzgani» ko‘rsatilgan. 

Farmoyishga Xorazm viloyati prokuraturasining 2022 yil 16 noyabrdagi intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarori va Odilbek Artiqovning tushuntirish xati asos qilib olingan. 

Artiqov Odilbek Sa’dullayevich 2022 yil mart oyidan buyon Shovot tumani hokimi sifatida ishlab kelmoqda. 

 

Top