01:00 / 25.11.2022
9751

Eko-faollar Berlin aeroportini bloklab qo‘yishdi

Ekologiya harakati faollari Berlin aeroporti hududiga yorib kirishdi.

Foto: Twitter/Letzte Generation

«So‘nggi avlod» (Letzte Generation) ekologik harakati faollari Berlin shahridagi Villi Brandt aeroporti hududiga yorib kirib, ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagini to‘sib qo‘yishdi.

Ulardan ba’zilari o‘zini asfaltga yelimlagan, boshqalari velosipedda yo‘lak bo‘ylab harakatlangan. Shuningdek, ular «Hukumat buni uddalay olmasa-chi» yozuvli bannerni yoyishgan. Oqibatda samolyotlar parvozi to‘xtatib qo‘yilgan.

Aeroport matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qonunbuzarlar aeroport hududidan olib chiqilgan va samolyotlar parvozi tiklangan. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi reyslar kechikishi mumkinligi aytilmoqda.

Foto: Twitter/Letzte Generation

4 noyabr kuni «So‘nggi avlod» faollari Rim shahridagi Bonaparte saroyida mashhur niderlandiyalik rassom Vinsent van Gogning «Ekuvchi» kartinasi ustiga sho‘rva quyishgan edi. 23 oktyabr kuni ular Potsdamdagi Barberini muzeyida Klod Monening «Pichan uyumlari» kartinasini kartoshka pyuresi bilan «bezashdi». 

«So‘nggi avlod» faollari bu aksiyalar orqali hukumatlarni iqlim o‘zgarishlariga e’tibor qaratishga va tabiatni asrab qolish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirmoqda.

Mavzuga oid
Top