20:30 / 25.11.2022
6035

Ukraina Rossiyani BMT tarkibidan chetlatishga chaqirdi 

Rossiyani Birlashgan millatlar tashkilotidan (BMT) chetlatishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi Ukraina Oliy Radasida ro‘yxatga olindi. Sababi «terrorizmga homiylik» deb ataladi.  

Foto: RIA Novosti

Hujjat tashabbuskorlaridan biri Ukraina parlamenti spikeri Ruslan Stefanchuk hisoblanadi. 

«Ukraina Oliy Radasi tomonidan Rossiya rejimini terrorchi deb tan olish, Rossiya Federatsiyasini BMT tarkibida bo‘lishini noqonuniy deb hisoblash va tashkilotni isloh qilish, tajovuzni qo‘llab-quvvatlovchi Rossiya siyosiy partiyalari a’zolarining javobgarligi to‘g‘risidagi qaror loyihasi», deyiladi parlament saytida e’lon qilingan hujjatda. 

Shuningdek, loyihaning tushuntirish xatida Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashidagi veto huquqidan mahrum etilishi ham ko‘zda tutilgan. 

BMT tarkibidagi davlatning tashkilotdan chiqarib yuborilishi - misli ko‘rilmagan qaror. 1992 yilda Slobodan Miloshevich hukumatining Bosniyaga qarshi tajovuzkorligi tufayli, Yugoslaviyaning BMTdagi a’zoligi to‘xtatilgan edi. 1939 yilda SSSR Finlyandiyaga bostirib kirganidan keyin Millatlar Ligasidan chiqarib yuborilgan. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top