15:02 / 27.11.2022
30115

Rossiyaning Dnepr sohilidagi yangi mudofaa chizig‘i va tizzagacha loyga botgan askarlar. Urush suratlari

Ozod etilgan Xersonda elektr ta’minoti tiklanmoqda — ammo yaqinda bu yerdan chekingan rossiyalik harbiylar shaharni o‘qqa tutmoqda, shu tufayli aholi shaharni mashinalar va Xerson-Kiyev yo‘nalishida tiklangan temiryo‘l reyslari orqali tark etmoqda. Ukraina va Rossiya navbatdagi asirlar almashinuvini amalga oshirdi. Rossiya Dnepr bo‘ylab navbatdagi raketa zarbasi yo‘lladi — xususiy sektordagi yetti uy shikastlangan, jabrlanganlar bor. 

Quyida 26 noyabr, urushning 276-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

RF armiyasining Dnepr chap sohilidagi harbiy xizmatchilari 

Dnepr daryosining chap sohilida, Zaporijjya oblasti hududida turgan rossiyalik harbiy xizmatchi. Rossiya qo‘shini ushbu oblastning janubdagi uchdan ikki qismini, jumladan Melitopol, Berdyansk va Energodar (Zaporijjya AES shu yerda joylashgan) shaharlarini bosqin boshidayoq egallab olgandi. Oblast markazi sanalgan Zaporijjya shahri Ukraina nazoratida qolmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Dnepr daryosining chap sohilida, Zaporijjya oblasti hududida pulemyot chuquri atrofida turgan rossiyalik harbiy xizmatchilar
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Dnepr daryosining chap sohilida, Zaporijjya oblasti hududida jangovar pozitsiyadagi rossiyalik askar.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Front chizig‘idagi Baxmutda loygarchilik

Bu tasvirlar bir necha kun muqaddam Ukraina qurolli kuchlarining Baxmutdagi okoplarida olingan. Ularni Birinchi jahon urushi vaqtida Pashendeyle uchun janglar vaqtida olingan fotosuratlar bilan taqqoslashmoqda. O‘shanda Germaniya va Antanta ittifoqi kuchlari bir necha oy mobaynida Belgiyaning botqoqli hududlaridagi okoplarda, kuchli yomg‘irlar sharoitida pozitsion janglar olib borishgan — ammo ikki tomondan ham o‘n minglab askarlar halok bo‘lsa ham, front chizig‘i oldinga siljimagan. Baxmut uchun faol harbiy harakatlar avgust oyi boshidan buyon davom etmoqda, janglarda «Vagner» jangchilari faol ishtirok etmoqda. 

Foto: Viktor Borinets
Foto: Viktor Borinets
Foto: Viktor Borinets

Anneksiya qilingan «DXR»ga harbiy asirlikdan qaytgan askarlar

«Molodaya respublika» vatanparvarlik tashkiloti a’zosi bo‘lgan qiz Donetsk oblastining Xarsizsk shahrida «DXR» harbiy xizmatchisi libosiga Georgiyev lentasini taqib qo‘ymoqda. Bu 24 noyabr kuni Ukraina tomoni bilan o‘tkazilgan asirlar almashinuvi doirasida Rossiya tomonidan annexia qilingan regionga qaytgan askarlardan biri.
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina bilan asirlar almashinuvi doirasida qaytarilgan askar oilasi davrasida
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Xarsizskdan safarbar qilingan askar (Donetsk oblastining Rossiya tomonidan annexia qilingan qismida) Ukraina bilan asirlar almashinuvidan keyin onasi bilan ko‘rishmoqda.
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA

Otishmalardan keyin Xerson aholisi evakuatsiya qilinmoqda

 

Xersondan chiqishdagi mashinalar. Rossiya harbiylari urush boshidan buyon egallab turgan Ukrainadagi yagona region markazi noyabr oyining birinchi o‘n kunligida tashlab chiqildi va shundan keyin Rossiya tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Mykola Synelnikov / Reuters / Scanpix / LETA

 

Xerson vokzalida ukrain politsiyasi Xerson-Kiyev tezyurar poyezdi yo‘lovchilarining hujjatlarini tekshirmoqda. Xerson bilan temiryo‘l aloqasi shahar ozod etilishi bilanoq tiklandi va shaharning ko‘plab aholisi rossiyaliklar zarbalaridan qochish uchun poyezd orqali shaharni tark etmoqda. Foto: Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xerson-Kiyev poyezdi yo‘lovchisi Xerson vokzalida vagonga chiqishdan oldin telefonini ko‘zdan kechirmoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Dnepr o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Dneprda rossiyaliklar zarbasidan yonib xarobaga aylangan uylar. Dnepropetrovsk oblasti politsiyasiga ko‘ra, yetti uy yakson bo‘lgan.
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Dneprda rossiyaliklar raketasidan kuchli darajada shikastlangan uydagi qutqaruvchilar
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain harbiylari

Ukrainlarning «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochilishi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi oldingi chiziqda harakatlanayotgan ukrain harbiylari
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Yarador ukrain askari Baxmutdagi shifoxonada, Donetsk oblasti
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainlarning MLRS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi Donetsk oblastidagi oldingi chiziqda
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
MLRS — baravar o‘t ochish reaktiv tizimi sifatida qo‘llanadigan universal uchirish qurilmasi. Ukrainaga bunday texnikani Germaniyadan yetkazib berishadi. Donbassda MLRS ilk bor tasvirga tushdi
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

Rossiya armiyasining Chornobayivkada tashlab ketilgan bazasi

Ukrain harbiysi Chornobayivkadagi «Xerson» xalqaro aeroportiga yaqin hududni tekshirib chiqmoqda. Rossiya armiyasi aeroportni urushning ilk kunlaridayoq egallab olgan, shundan keyin bu hudud bir necha oy davomida muntazam ravishda ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan. Chornobayivka xuddi Xerson kabi 11 noyabr kuni Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga o‘tdi
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning shikastlangan texnikalari
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari aeroport hududida portlovchi buyumlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top