14:51 / 10.12.2022
10863

Surxondaryoda tog‘ o‘rmonidan 51 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi

Qonunbuzarlar tomonidan o‘simlik dunyosiga 560 mln 550 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas’uliyatni suiiste’mol qilishi oqibatida 51 tup daraxt kesib ketilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda daraxt kesuvchilarga qarshi tezkor reyd tadbirlari o‘tkazilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish  

Ana shunday reydlardan birida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi Machay o‘rmon bo‘limi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas’uliyatni suiiste’mol qilishi natijasida Machay o‘rmon bo‘limining Yetimtol va Almali massivlaridan Zarafshon archa, Shumtol, Uchqad , Zarang kabi jami 51 ta daraxt tag qismi bilan kesib ketilgani aniqlangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish  

Bu bilan qonunbuzarlar tomonidan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi talablari buzilib, o‘simlik dunyosiga 560 mln 550 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish  

Qayd etilishicha, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborilgan.

Top