00:42 / 12.12.2022
24896

«Konteyner-arena» buzib tashlandimi?

Qatardagi mundialning eng noodatiy stadioni bo‘lmish «974» arenasi buzib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Tribuna.uz muxbiri vaziyatni aniqlashtirish uchun stadionga bordi.

Chindan «Konteyner arena» jahon chempionatidan keyin buzib tashlanishi aytilgan, ammo o‘yingoh hozircha joyida turibdi. Konteynerlardan ba’zilari olinganga o‘xshaydi, ammo stadionda bu borada ma’lumot beradigan hech kim topilmadi.

 Qo‘riqchining so‘zlariga ko‘ra, ichkarida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda va o‘yingoh mundial tugamay buzilmaydi. Stadionga kirishga va ichkaridan suratga olishga OAV vakillariga ruxsat berilmadi. Media vakillari uchun kirish eshigi yopiq va stadion rasman yopilgan.

Internetda «Konteyner arena» qurilish jarayonidan olingan suratlar uning buzilgani haqidagi feyk xabarga ilova qilingan. Stadion buzilishi ehtimoli yuqori, ammo u hozircha joyida turibdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «974» o‘yingohi 2024 yil yanvarda o‘tadigan futbol bo‘yicha Osiyo chempionatini ham qabul qilishi mumkin.

Mavzu
Qatar-2022
20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top