12:22 / 12.12.2022
4380

Xususiy korxonalar soni eng ko‘p hudud ma’lum qilindi

Qaysi hududda xususiy korxonalar soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yil 1 dekabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 588 823 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 92 839 tani tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida xususiy korxonalar soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etildi – 12 081 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Farg‘ona viloyati – 11 741 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 10 682 ta;
  • Samarqand viloyati – 8 548 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 7 354 ta.

Xususiy korxonalar iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni:

  • savdoda – 38 402 ta;
  • sanoatda – 15 952 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 8 017 ta;
  • qurilishda – 6 885 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 423 ta.
Top