13:13 / 17.12.2022
8129

Toshkentda «Matiz» va «Nexia-3» ishtirokidagi YTHda 3 kishi jarohatlandi

Poytaxtning Olmazor tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi qarshisida ikkita mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2022 yil 17 dekabr kuni soat 09:00 larda Olmazor tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Haydovchilar: 2003 yilda tug‘ilgan A.Z. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasi va 1967 yilda tug‘ilgan S.K. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli transport vositalari yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida "Matiz" rusumli transport vositasi haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid
Top