10:42 / 24.12.2022
8275

Tal’atjon Haydarov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan ketdi

Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Tal’atjon Haydarov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, uning o‘rniga Umed Mavlyanov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari - Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tal’atjon Haydarov 2020 yil noyabrida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovga o‘rinbosar etib tayinlangandi. Ayni vaqtda Umida To‘xtasheva agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida qolmoqda.

Mavzuga oid
Top