10:54 / 25.12.2022
33365

Yangi yilda O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonliklar yangi yilni qor bilan kutib olishi mumkin.

Foto: Kun.uz

31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi O‘zbekistonning aksar hududlarida qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov ham 2023 yilga o‘tar kechasi soat 00:00 ga bong urganda, O‘zbekistonning katta qismida qor yog‘ishi mumkinligi haqida yozdi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur ob-havo prognozlari ayrim iqlim modellari tomonidan taqdim etilmoqda. 

«Masalan, 2022 yilning 30–31 dekabr hamda 2023 yilning 1 yanvar kunlarida poytaxt Toshkentda 4 iqlim model mahsulotlaridan («O‘zgidromet», AQShning ikkita modeli va Rossiyaning bir modeli) ikkitasi yog‘ingarchilik (yomg‘ir-qor) bo‘lishini ko‘rsatgan.

28 dekabrdan so‘ng O‘zbekistonga bir nechta nam havo oqimi bosqichlari kirib kelishi oydinlashmoqda. Mutaxassislar vaziyatni ob-havo xaritalari, atmosferadagi havo aylanmalari harakati orqali sinchkov kuzatishmoqda», — deya qayd etadi iqlimshunos.

Shu bilan birga, Shimoliy Amerika markazida sovuq havo hukmron bo‘lib turganda, Yevropada uning teskarisi kuzatilmoqda

«Issiq havo oqimi Yevropadan sharqqa tomon harakatlanib, rus tekisliklari tomon oshiqmoqda. 

Mazkur vaziyat kelayotgan o‘n kunlikda bizga shimoli-g‘arbdan o‘ta sovuq havo oqimlari kirib kelmasligini kafolatlaydi. 

Darvoqe, hozirgi kunda hammani yangi yil kechasida o‘zbeklar yangi yilni qanday ob-havo qarshisida kutib olishi to‘g‘risidagi vaziyat qiziqtiryapti. 

Ayrim iqlim modellari 2023 yilga o‘tar kechasi soat millari 00:00 ga bong urganda, respublikaning katta qismida tashqi muhitda qor yog‘ishi mumkinligi to‘g‘risida kutilmalarni taqdim etmoqda. 

Albatta, mutaxassislar vaziyatni ob-havo xaritalari, atmosferadagi havo aylanmalari harakati orqali sinchkov kuzatishmoqda. 28 dekabrdan so‘ng respublikaga bir nechta nam havo oqimi bosqichlari kirib kelishi oydinlashmoqda.  

31 dekabrga 5 kunlar qolganda, yangi yil kechasi uchun ishonchli ob-havo prognozi taqdim etiladi», deyiladi Uzb_Meteo kanalida.

Mavzuga oid
Top