00:32 / 04.01.2023
11981

RSFSR Oliy Kengashining sobiq raisi Ruslan Xasbulatov vafot etdi

RSFSR Oliy Kengashining oxirgi raisi Ruslan Xasbulatov Moskva yaqinidagi dachasida vafot etdi. U 80 yoshda edi.

Foto: RIA Novosti

RIA Novosti xabariga ko‘ra, uning dafn marosimi Chechenistonda bo‘lib o‘tadi. Qachon ekani aniq belgilanmagan.

Ruslan Xasbulatov 1942 yilda Grozniyda tug‘ilgan. 1965 yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan, 1980 yilda iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1990 yil mart oyida Ruslan Xasbulatov RSFSR xalq deputati etib saylandi. 1990 yil 5 iyunda u RSFSR Oliy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘sha yilning 10 iyunida esa RSFSR Oliy Kengashining raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. 1991 yil 19 oktyabrda Xasbulatov Rossiya Federatsiyasi Oliy Kengashining raisi lavozimini egalladi. U 1991 yil avgustdagi davlat to‘ntarishi paytidagi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining harakatlarini qoralagan «Rossiya fuqarolariga» murojaati muallifi edi.

1994 yildan boshlab Ruslan Xasbulatov siyosatdan chetlashdi va Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Jahon iqtisodiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Top