14:09 / 10.01.2023
2311

O‘zbekistondan eng ko‘p meva va sabzavot sotib olgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchi bo‘ldi

Foto: Uz24

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston jami 1 milliard dollar hajmidagi meva va sabzavotlarni eksport qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondan o‘tgan 11 oy davomida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilingan davlatlar ro‘yxatida Qozog‘iston yetakchilik qildi.

Unga ko‘ra, Qozog‘istonga umumiy hajmi 606,6 tonnaga teng o‘zbek meva va sabzavot mahsulotlarini sotib oldi.  

Keyingi o‘rinlarda Rossiya (512,5 ming tonna), Qirg‘iziston (146 ming tonna),  Xitoy  (105,6  ming tonna),  Pokiston (51,5 ming tonna), Afg‘oniston (34,8 ming tonna), Belarus (22,8 tonna), Tojikiston (21,5 ming tonna), Turkiya (15 ming tonna), Eron (11 ming tonna), Gruziya (105,5 ming tonna), Ozarboyjon (8,5 ming tonna), Ukraina (7,6 ming tonna), BAA (6 ming tonna) va Germaniya (3,1) qayd etilgan.

Mavzuga oid
Top