15:09 / 14.01.2023
7525

Surxondaryoda avtobus bilan to‘qnashgan Damas yo‘lovchisi vafot etdi

Ikkinchi darajali yo‘ldan kelayotgan Nexia-3 asosiy yo‘ldan kelayotgan Damas bilan to‘qnashib, uni avtobus qarshisiga chiqarib yuborgan.

Videodan kadr

Surxondaryo viloyatida uchta transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchi vafot etgan.

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 9 yanvar soat 17:20 larda Denov tumanida sodir bo‘lgan.

M-41 Bishkek-Dushanbe-Termiz avtomobil yo‘lining 1487-kilometrida Nexia-3 haydovchisi mashinani ikkinchi darajali yo‘ldan boshqarib kelib, asosiy yo‘ldan kelayotgan Damas bilan to‘qnashgan.

Shundan so‘ng Damas boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan avtobusga urilgan.

Oqibatda, Damas yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Mavzuga oid
Top