09:11 / 16.01.2023
5025

Dniprodagi turar joy binosiga raketa hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni oshmoqda

Dniprodagi turar joy binosiga raketa hujumi qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, deb xabar berdi Dnipropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari maslahatchisi Natalya Babchenko. 

Foto: Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

73 kishi jabrlangan, ulardan 30 nafari shifoxonada, 12 nafarining ahvoli og‘ir. 

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, uyning 39 nafar fuqarosi vayronalar ostidan olib chiqildi, 40 dan ortiq odamning taqdiri noma’lum.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Dniprodagi ko‘p qavatli uyga raketa hujumi munosabati bilan kechki videomurojaatida rossiyaliklarga rus tilida murojaat qilgandi

«Rossiyadagi va Rossiyadan bo‘lganlarga aytmoqchimanki, hozir ham bu terrorni qoralash uchun bir necha og‘iz so‘z aytolmaganlar, garchi ular hamma narsani yaxshi ko‘rib, bilib turibdi. Sizning qo‘rqoq sukunatingiz, nima bo‘layotganini kutishga urinish, faqat bir kun kelib sizga ham xuddi shu terroristlar kelishi bilan tugaydi. Yovuzlik qo‘rqoqlikka juda sezgir, yovuzlik undan qo‘rqqanlarni va savdolashishga harakat qilganlarni doimo yodda tutadi. Sizning oldingizga kelganda esa himoya qiladigan hech kim bo‘lmaydi», dedi Ukraina davlati rahbari.

«O‘nlab odamlar vayronalar ostidan qutqarib olindi, ular orasida olti bola ham bor. Biz har bir inson uchun kurashamiz! Hayotni saqlab qolish uchun zarracha imkoniyat mavjud ekan, qutqaruv operatsiyasi davom etadi», - dedi u.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top