09:03 / 19.01.2023
7638

Germaniya birinchi bo‘lib AQSh Ukrainaga tanklar berishini kutmoqda

Foto: AP

AQSh o‘zining Abrams tanklarini jo‘natishga rozi bo‘lmaguncha Germaniya ittifoqdoshlariga Ukrainaga Rossiya agressiyasiga qarshi turishda yordam berish uchun Germaniyada ishlab chiqarilgan Leopard tanklarini yuborishga ruxsat bermaydi. Bu haqda chorshanba kuni The Wall Street Journal nemis rasmiylariga tayanib xabar qildi.

Ukraina uzoq vaqtdan beri G‘arbdan unga Leopard jangovar tanklarini yetkazib berishni talab qilib kelyapti. Bunday yetkazib berish faqat Germaniyaning ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatidagi roziligi bilan amalga oshishi mumkin.

Germaniyada hukmronlik qilayotgan «svetofor koalitsiyasi»ning bir qator siyosatchilari mamlakat hukumatini Ukrainaga nemis Leopard jangovar tanklarini yetkazib berish masalasini imkon qadar tezroq hal qilishga chaqirdi. 

"Mening fikrimcha, hamkorlarning jangovar tanklar masalasida imkon qadar tezroq qarori qabul qilinishi o‘ta muhimdir", deb ma’lum qildi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Mixael Rot Deutschlandfunk radiostansiyasiga bergan intervyuda. 

O‘z navbatida, Erkin demokratik partiyaning tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Mari-Agnes Shtrak-Tsimmerman aytishicha, Germaniya Leopard'ni eksport qilish uchun ruxsatnoma berishi kerak.

Ukraina uzoq vaqtdan beri G‘arb davlatlaridan Leopard tanklari yetkazib berilishini so‘rayapti. Joriy haftada Polsha xalqaro koalitsiya tarkibida Kiyevga bunday tanklar yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilganidan so‘ng ushbu mavzu bo‘yicha bahslar kuchaydi. Biroq, bu Germaniyaning ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatidagi roziligini talab qiladi. Germaniyaning o‘zi bunday koalitsiyada ishtirok etishga tayyormi yoki yo‘qligi hali noma’lum.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top