13:54 / 21.01.2023
10283

Dubayda o‘zbek xotin-qizlarining tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi roli muhokama qilindi

Dubayda Yevrosiyo fondi tomonidan O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar uchun “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” deb nomlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Foto: KUN.UZ

Bu haqda forum qatnashchisi, gender tengligi bo‘yicha xalqaro ekspert Nargis Qosimova xabar berdi.

O‘zbekistondagi NNTlarning tinchlik va xavfsizlik masalalarida gender zo‘ravonlik, odam savdosiga qarshi kurash, ekstremizm maqsadida radikallashuvga qarshi kurash bo‘yicha salohiyatini amalga oshirish maqsadida o‘tkazilgan forum yo‘nalishlarning barchasi nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilishni o‘z ichiga oladi.

Forumda BMT Xavfsizlik Kengashining “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” to‘g‘risidagi 1325-sonli rezolyutsiyasini NNTlar faoliyati orqali ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan 23 yil oldin, 2000 yil 31 oktyabrda birinchi marta ayollarning mojarolar oldini olish, hal qilish va tinchlik o‘rnatishda muhim ishtirokisiz mustahkam dunyoga erisha olmasligi tan olingan holda BMT Xavfsizlik Kengashining “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” to‘g‘risidagi 1325-sonli rezolyutsiyasi qabul qilingan edi.

Ushbu asosiy qaror ayollarni barcha tinchlik va xavfsizlik tashabbuslarida gender masalalarini amalga oshirish bilan bir qatorda to‘liq va teng ishtirok etishga chaqiradi.

Ushbu rezolyutsiya ayollarni mojarolarni hal qilish bo‘yicha tinchlik muzokaralarida ko‘proq ishtirok etishga, shuningdek xalqaro va milliy darajadagi yetakchilik lavozimlarida ayollar sonining ko‘payishiga ko‘proq jalb qilishni talab qiladi. O‘tgan yillar mobaynida BMTning 193 davlatidan 86 tasida rezolyutsiyani amalga oshirish bo‘yicha “Harakatlar rejasi” ishlab chiqildi.

Mazkur rezolyutsiya bo‘yicha O‘zbekiston Milliy harakatlar rejasi loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Tinchlik va xavfsizlikni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida ayollarning ishtirokini rag‘batlantirish;
  • “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” mavzusida bilimlarni chuqurlashtirish, tarqatish va xabardorlikni oshirish;
  • Favqulodda vaziyatlarda ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qilish va hisobga olish tizimini takomillashtirish.

“Forum menga motivatsiya berdi”, deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nogironlar jamiyatining raisi o‘rinbosari Jaras Ganiyev. “Avvalo dunyoda go‘zallik, qulaylik va bag‘rikenglik tamoyillari mavjud. Forum doirasida fuqarolik jamiyati liderlari bo‘lgan “Opa singillar” Qibray tumani nogironligi bor ayollar jamiyatining raisi Natalya Plotnikova, “Rahmdillik” NNT rahbari Bibisora Oripova, Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi “Oydin nur” ijtimoiy yordam ko‘rsatish markazi Shahnoza Ixtiyorovalar bilan birga bo‘lish, tajriba va fikr almashish, trener va ekspertlardan bilim va kuch olish bo‘ldi.

Forum menga kelajakda Qoraqalpog‘istonda amalga oshirish mumkin bo‘lgan ishlarni belgilash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar olishga yordam berdi. Men Turkiyada, Moldovada bo‘lgan forumlarda ham qatnashganman. Ammo aynan bu forumda ilk bor nogironligi bor insonlar ehtiyojlari ham inobatga olinganidan xursand bo‘ldim. Chunki Qoraqalpog‘istonda aynan mazkur yo‘nalishda juda ko‘p ishlar qilinishi zarur”.

Forumda trener va ekspertlar YeXHTning Ukrainadagi dasturlar koordinatori Veronika Andreyenkova, mustaqil ekspert Venera Ermetova, YuNPFAning gender masalalari bo‘yicha milliy eksperti Dildora Amirqulova, O‘zbekiston xalqaro migratsiya tashkilotining milliy kordinatori Sanjarbek Toshboyev, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasining professori, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupovalar qatnashishdi.

Forumda mavzu bo‘yicha qatnashchilarning bilimlari oshirilib, “Ayol, tinchlik va xavfsizlik” mavzusida NNTlarning faoliyat strategiyasi ishlab chiqildi.

Mavzuga oid
Top