11:09 / 27.01.2023
17875

Surxondaryoda o‘qituvchi hamkasbining kartasidagi pullarni o‘zlashtirib, qimorda yutqazdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi o‘qituvchi IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidan 1 mln 545 ming so‘m pullar noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganini ma’lum qilib, jinoyatchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi shaxs sodir etgani aniqlangan.

Aniqlanishicha, pullarni o‘zlashtirgan shaxs ham o‘qituvchi bo‘lib, jabrlanuvchi bilan bir maktabda ishlagan. U o‘z hamkasbining bank kartasi ma’lumotlari va sms-xabarnomasini qo‘lga kiritish orqali to‘lov tizimlaridan foydalanib, barcha pullarni onlayn qimor o‘yiniga yutqazib qo‘ygan.

Qayd etilishicha, hamkasbining pullarini o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.  

Top