13:47 / 29.01.2023
11305

“O‘zbekneftgaz”: 8 ta konda geologiya-qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy zaxiralari hisoblanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari asosida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga respublikaning Ustyurt, Buxoro-Xiva, Farg‘ona, Hisor va Markaziy Qizilqum regionlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun neft va gazga istiqbolli bir qator konlar va maydonlar ajratilgan.

Foto: O‘zbekneftgaz

Mazkur qaror va farmoyishlar bilan “O‘zbekneftgaz” AJ oldiga 2020-2025 yillar mobaynida ushbu konlarda qidiruv bosqichini yakunlash hamda ajratilgan yangi maydonning neftgazlilik istiqbolini baholash orqali belgilangan uglevodorod homashyo zaxirasini o‘stirish topshirig‘i qo‘yilgan. 

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha uglevodorod xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta hosil qilish bo‘yicha yillik ishlab chiqilgan Dasturlar asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda. 

Geologiya-qidiruv ishlari yakunlangan konlar natijalari asosida ularning yakuniy zaxiralarini baholash ishlari amalga oshiriladi.  

“O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020-2022 yillar mobaynida yakuniy zaxiralarni hisoblash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida uglevodorod va foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha quyidagi konlar Davlat zaxiralari komissiyasida tasdiqlandi.

• 2020 yilda “Chakkaqum-Shimoliy Suzma”, “Murodtepa-Atamurod” konlari.

• 2021 yilda “Do‘ltatepa”, “Marvarid”, “Janubiy Kulbeshkak”, “Uchtepa” konlari.

• 2022 yilda “To‘maris”, “Arslon”, “Sho‘rtak” konlari. 

2023 yilda ham ushbu Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra “Yormoq”, “Andakli”, “Shorqum”, “O‘rtaqum”, “Ijobat”, “O‘rtabuloq” (ter.yura), “Chaqar” va “Tarnasoy” kabi konlarning yakuniy zaxiralarini hisoblash belgilab olingan. 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Top