11:27 / 04.02.2023
9951

Axsikentdan Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar, tangalar va Damashq qilichlari topildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan Axsikent yodgorligidan Damashq qilichlari, Shahristonning oltin darvozasi, tangalar va Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar topildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

O‘zA’ning Namangan viloyati hokimligiga tayangan holda ma’lum qilishicha, bu bo‘yicha National Geographic telekompaniyasi turkum ko‘rsatuvlar suratga oladi.

«Buyumlar muzeyga topshirilgan. Devoriy suratlar va ganchkorlik buyumlari esa restavratorlar guruhi tomonidan ta’mirlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Arxeologlar tomonidan yodgorlik hududida tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.

Top