12:25 / 06.02.2023
14134

Isroil sobiq bosh vaziri: Bucha Rossiya va Ukraina o‘rtasida sulhni yo‘qqa chiqardi

Ukraina prezidenti vositachilik qilishini so‘ragan Isroil sobiq bosh vaziri Bennetga ko‘ra, Moskva va Kiyev jiddiy yon berishga tayyor edi. Ammo Buchadagi qirg‘indan keyin muzokaralar o‘z ma’nosini yo‘qotdi.

Naftali Bennet / Foto: Alex Kolomoisky/Pool

Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Bennet 5 fevral, yakshanba kuni iste’foga chiqqanidan keyin olti oy ichida bergan birinchi katta intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatishga urinishlari haqida gapirdi. Sobiq siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy unga vositachi bo‘lish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Shundan so‘ng Bennet Ukraina va Rossiya davlat rahbarlari bilan bir qator alohida muzokaralar o‘tkazdi, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ehtimoliy kelishuv loyihalarini tayyorladi va topshirdi. Bennett o‘zining barcha harakatlarini Qo‘shma Shtatlar bilan muvofiqlashtirgan, deya aniqlashtirdi u. Shu bilan birga, Bennetning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil martida, urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Moskva va Kiyev mojaroni hal qilishning turli variantlarini, jumladan, jiddiy yon berishlarni ko‘rib chiqishga tayyor edi. Shu tariqa, 5 mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti bilan deyarli yashirin muzokaralarda, dedi Bennet, Vladimir Putin go‘yoki Ukrainani qurolsizlantirish va «denatsifikatsiyasi»ni talab qilmaslikka rozi bo‘lgan. Zelenskiy bunga javoban Ukrainaning NATOga kirishini rad etishga rozi edi.

Isroil sobiq bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, aprel oyida Kiyev yaqinidagi Bucha shahrida rossiyalik harbiylarning tinch aholini o‘ldirishi faktlari aniqlanganidan keyin barcha muzokaralar o‘z mazmunini yo‘qotdi. Bennetning aniqlik kiritishicha, Buchadan oldin, ba’zi G‘arb rahbarlaridan farqli o‘laroq, sulh bo‘lishi mumkinligiga ishongan. «Imkoniyat bor edi, lekin shundan keyin sulh tuzishga arzigan bo‘lardimi?» - dedi Isroil hukumatining sobiq rahbari.

Bennet Putin bilan uchrashuvi vaqtida Kiyevning qulashi ehtimoli yuqori bo‘lganini esladi. Aytilishicha, u Rossiya rahbaridan Zelenskiyni jismonan yo‘q qilmoqchimisiz, deb so‘ragan. «Yo‘q, men Zelenskiyni o‘ldirmayman», — deya Isroil sobiq bosh vaziri Putinning so‘zlaridan iqtibos keltirgan. Bennetning so‘zlariga ko‘ra, shunga qaramay u suhbatdoshidan Rossiya Ukraina rahbarini jismonan yo‘q qilishga urinmasligi haqida so‘z berishini so‘ragan va bunday kafolat olgan. Keyinroq Bennet mashinadan Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Putinning so‘zlarini yetkazgan.

Rossiya va Ukraina prezidentlarining vakillari hozircha Bennetning so‘zlariga izoh berishmagan. Faqat Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya prezidenti odatda o‘z so‘zida turmasligini eslatdi. «O‘tmishda Putin Qrimni ishg‘ol qilmaslikka, Minsk kelishuvlarini buzmaslikka, Ukrainaga bostirib kirmaslikka va’da bergan edi, lekin hammasini qildi. Aldanmang: u yolg‘onchi. Har safar hech narsa qilmaslikka va’da bergan, bu uning rejasining bir qismi», — deb yozdi diplomat Twitter'da.

Ukraina maxsus xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Zelenskiyga 12 marta suiqasdning oldi olingan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top