20:35 / 26.02.2023
24734

Shoyguning kuyovi urushga qarshi postga layk qo‘ydi. Prigojin «uni tutib, frontga jo‘natish»ni taklif qildi

Foto: Getty Images / Antonio Masiello

RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguning kuyovi Aleksey Stolyarov jurnalist Yuriy Dudning urushga qarshi yozilgan postiga layk qo‘ydi. OAV bunga e’tibor qaratgach, Stolyarov postni layklaganini rad eta boshladi.

Stolyarovning layk Dudning instagramda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining bir yilligi munosabati bilan qoldirgan postida paydo bo‘lgan, jurnalist bu postda bo‘layotgan hodisalarni «Putin va uning atrofidagilar tomonidan boshlangan qonli va ma’nosiz urush» deb atagan.

Tez orada Dudning postidagi layk g‘oyib bo‘ldi, Stolyarovning o‘zi esa instagramida «hech narsani layklamagani»ni aytdi. «O‘zingizni fotoshop orqali manipulyatsiya qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Barchani quchib qolaman!» — deya yozdi u. 

«Poligon.media» nashri esa Stolyarov muqaddam Dudning instagram sahifasidagi boshqa ikki postga ham layk bosgani haqida yozdi. Layklardan birini u rejissyor Aleksandr Molochnikov bilan intervyuga, ikkinchisini — «Novaya Gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov bilan intervyuga qo‘ygan.

Stolyarovning laykiga «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ham e’tibor qaratdi. «Stolyarovni qo‘lga olib, mening oldimga olib kelish kerak. Men Z-xizmatkor sifatida uni olti hafta o‘qitib, unga tuzalishga yordam beraman va uni harbiy harakatlar hududiga yuboraman», — degan biznesmen.

  • Yevgeniy Prigojin so‘nggi haftalarda mudofaa vazirligi va uning rahbariyatini, jumladan shaxsan Shoyguni ham tanqid qilmoqda. 22 fevral kuni u vazirni «Vagner»ning Baxmut atrofidagi yirik yo‘qotishlarida ayblab, agar mudofaa vazirligi yollanma jangchilarni o‘q-dorilar bilan ta’minlaganida, bu yo‘qotishlar bo‘lmagan bo‘lishi haqida aytgandi.
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top