08:28 / 01.03.2023
7130

Toshkentda yo‘l talashib, jamoat tartibini buzgan avtobus haydovchilariga chora ko‘rildi

Poytaxtda yo‘l talashib, jamoat tartibini buzgan haydovchilarga chora ko‘rildi. Bu haqda shahar IIBB xabar bermoqda.

Foto: IIBB

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 fevral kuni taxminan soat 08:20 larda avtobus haydovchilari - 1995 yilda tug‘ilgan M.M. va 1991 yilda tug‘ilgan N.B. Yashnobod tumani Izzat ko‘chasida yo‘l talashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan M.M. va B.N.ga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

"Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlanayotganingizda nafaqat o‘zingiz, balki yo‘lovchilar va piyodalarning hayoti uchun ham mas’ul ekanligingizni unutmang. Yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya eting!" - deyiladi IIBB xabari.

Top