10:51 / 03.03.2023
15552

Sirdaryoda qariyb 4 mlrd so‘m budjet puli o‘zlashtirilgan bank mas’uli qamoqqa olindi

“Xalq banki”ning Xovos filialida budjet pullari talon-toroj qilingani aniqlandi.

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan AT “Xalq banki”ning Ichki audit hamda Ichki nazorat va komplayens departamentlari mutaxassislari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda bankning Sirdaryo viloyati Xovos filialida noqonuniy holat aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-2023 yillar davomida soxta ma’lumotlardan foydalangan holda jami 3 mlrd 828 mln 400 ming so‘m miqdoridagi budjet mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bankning Xovos filiali bir nafar mas’ul xodimiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Top