10:03 / 03.03.2023
5747
Reklama

VEON MWC ko‘rgazmasida O‘zbekiston hukumati bilan qo‘shma raqamli loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi

Foto: VEON

VEON Group xalqaro telekommunikatsiya holdingi va uning shu’ba korxonasi Beeline Uzbekistan Barselonada bo‘lib o‘tgan Jahon Mobil Kongressida (MWC) ishtirok etdi. Tashrifning asosiy maqsadlari jahondagi so‘nggi voqealarni o‘rganish va O‘zbekiston fuqarolari manfaatlarini ko‘zlab yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishishdan iborat edi.

Har yili o‘tkaziladigan forum 2023 yilda butun dunyodan 2000 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirdi. Dasturda konferensiyalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, dunyodagi eng yirik innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmalaridan biri o‘rin olgan.

“Jahon tendensiyalari, eng yangi texnologiyalardan foydalanish istiqbollarini muhokama qilishda ishtirok etish biz uchun juda muhim. “Beeline” raqamli yetakchi maqomini mustahkamlashga intiladi va MWC kabi forumlar strategik rejalaringizni to‘g‘rilash, bozorda yetakchi bo‘lish uchun qanday raqamli innovatsiyalarni ishga tushirish kerakligini tushunish imkonini beradi. Undan biroz oldinda bo‘lgan ma’qul”, — deya sharhlaydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Malinovski.

MWCʼda global va milliy operatorlar, uskunalar ishlab chiqaruvchilari va telekommunikatsiya bozori ekspertlari bilan bir qatorda davlat organlari vakillari ham ishtirok etmoqda. Xususan, VEON Group delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov bilan uchrashdi.

“VEON guruhi tomonidan O‘zbekistonni raqamlashtirish bo‘yicha davlat kursining qo‘llab-quvvatlanishi nafaqat respublikamizda raqamli xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradi. Keyingi muhim natija O‘zbekistonning jahon telekommunikatsiya reytingidagi o‘rni yaxshilanishi bo‘ladi. Bu esa mamlakat iqtisodiga, xususan, kommunikatsiya sohasiga yangi sarmoya kiritish uchun yo‘l ochadi”, — dedi Andjyey Malinovski.

VEON delegatsiyasi a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larning bir qismi mamlakatning kadrlar salohiyatini rivojlantirishga, birinchi navbatda, IT-mutaxassislarining milliy jamg‘armasini yaratishga yo‘naltiriladi. Yaqin kelajakda ular uchun O‘zbekistondagi VEON bo‘linmalarida 50 dan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Barselonada o‘tkazilayotgan MWC23 konferensiyasida “ Best Mobile Operator Service for Connected Consumers” nominatsiyasida nufuzli Global Mobile Award mukofoti DO1440 strategiyasi joriy etilgani uchun VEON guruhiga taqdim etildi. Bu mukofotda “Beeline Uzbekistan” jamoasining hissasi katta.

***

“Unitel” MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistanʼda 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline CBʼning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama

Top