12:16 / 08.03.2023
4741

ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Foto: Alan Katsiyev

2022 yil 16 sentabr kuni Samarqand shahrida imzolangan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum tasdiqlandi.

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida Shanhay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatiga tegishli bildirishnoma yuboradi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo bo‘lish bo‘yicha memorandum imzolagan edi.

ShHT 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari tomonidan asos solingan. Uyushma hamkorlari Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hisoblanadi.

ShHT maqsadlari barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizmga qarshi kurashish, iqtisodiy hamkorlikni, energetika sohasidagi sheriklik va ilmiy-madaniy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

2022 yil sentabr oyida Tehron ShHTga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan edi.

Top