21:55 / 09.03.2023
9018

BAA bolali oilalarga ko‘p martalik sayyohlik viza rejimini joriy qildi

18 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalar mamlakatga bir necha marta kirish imkonini beruvchi vizani rasmiylashtirishi mumkin. 

Birlashgan Arab Amirliklari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalarga mamlakatga bir necha marta kirish imkonini beruvchi 5 yillik turistik vizani rasmiylashtirishga ruxsat berdi. 

Birlashgan Arab Amirliklarining identifikatsiya, fuqarolik, bojxona va port xavfsizligi bo‘yicha federal ma’muriyati (ICP) ma’lumotlariga ko‘ra, viza olish uchun homiylik kafolati talab qilinmaydi.

Ma’lum qilishicha, viza egasining mamlakatda bo‘lish muddati 1 yil ichida 90 kundan oshmasligi kerak. Agar muddati tugasa, yana bir marta 3 oyga uzaytirilishi mumkin. Ya’ni, eng uzoq muddat - 6 oy. 

Shu bilan birga, mamlakatda qolish muddatini o‘zgartirish uchun keyingi yilni kutish shartmas. Chunki uning vaqti viza berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar kishi BAAda 1 yil ichida 90 kundan kam bo‘lsa, qo‘shimcha kunlar keyingi yilga o‘tkazilmaydi. 

Viza olish uchun talablar:

- 6 oy ichida amalga oshirilgan bank operatsiyalari nusxasi;

- bank hisobvarag‘ida kamida 4 ming dollar bo‘lishi;

- BAAda 180 kunlik tibbiy sug‘urtani olish;

- viza berilgan kundan boshlab 60 kun ichida BAAga kirish. Agar kirish bu vaqtdan kechiktirilsa, hujjat o‘z kuchini yo‘qotadi. 

Oilaviy viza uchun faqat 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari bo‘lgan oilalar murojaat qilishlari mumkin. Bolalarning ota-onalari barcha talablarga rioya qilgan holda mustaqil ravishda vakolatli organga ariza berishi kerak. 

Mavzuga oid
Top