10:35 / 09.03.2023
12020

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasi 16 soat etib belgilanishi mumkin

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari pedagog stavkasi 16 soat etib belgilanishi mumkin. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2023 yilning may oyiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasini 16 soat etib belgilash bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.

Bundan tashqari, maktab rahbar xodimlariga mehnatiga haq to‘lash sharoitlari yaxshilanishi mumkin.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2023 yilning may oyiga qadar umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.

Top