19:35 / 10.03.2023
14910

Eron va Saudiya diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi. U 2016 yilda uzilgandi

Muzokaralar Xitoy tashabbusi bilan o‘tkazildi. 

Foto: Ahmet Bolat/Anadolu Agency/Getty Images

Eron va Saudiya Arabistoni ikki oy ichida diplomatik munosabatlarni tiklash va elchixonalar ochishga kelishib oldi. Bu haqda CNN Eronning IRNA davlat axborot agentligiga tayanib xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kelishuvga Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi rahbari Ali Shamxoniy saudiyalik hamkasbi Musaid bin Muhammad Al-Aybano bilan Pekindagi uch kunlik muzokaralar yakunlari bo‘yicha erishilgan. 

Eron Milliy Xavfsizlik Oliy Kengashiga aloqador Nour News nashri muzokaralardan olingan suratni chop etdi, unda Xitoy vakillari ham bor edi. Muzokaralar yakunida Eron, Saudiya Arabistoni va Xitoy qo‘shma bayonot imzoladi, uning matni xabarda e’lon qilindi. 

Bayonot matnida qayd etilishicha, muzokaralar XXR raisi Si Jinping tashabbusi bilan «Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish» maqsadida o‘tkazilgan. 

Bayonotga ko‘ra, tomonlar diplomatik aloqalarni tiklash, shuningdek ko‘pi bilan ikki oy ichida o‘z elchixonalari va diplomatik missiyalarini ochishga kelishgan. Elchilar almashinuvi va boshqa tafsilotlar bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari alohida kelishib olishi kerak bo‘ladi.

  • Ar-Riyod Tehron bilan diplomatik aloqalarni 2016 yil yanvarida, Eron hukumati Saudiyadagi shialar voizi Nimr al-Nimrning qatlini keskin tanqid qilishi (u Saudiya monarxiyasini tanqid qilib kelardi) Eron poytaxtida esa Saudiya Arabistoni elchixonasiga o‘t qo‘yilishi ortidan uzgandi.
Mavzuga oid
Top