09:00 / 11.03.2023
19679
Reklama

Qirg‘iziston Hukumati rahbari va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Crafers qandolat fabrikasiga tashrif buyurdi

Suratda chapdan o‘ngga: M. Sunnatullayeva – N’Medov kompaniyalar guruhi vitse-prezidenti, A.Aripov – O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri, A.Japarov – Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi, N.Ro‘zmuhamedov – Crafers kompaniyasi ta’sischisi

Ishchi tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan birga Toshkentdagi Crafers qandolat fabrikasiga tashrif buyurdi.

Ularni N’Medov holdingi asoschisi, Crafers kompaniyasi ta’sischisi Nurulla Ro‘zmuhammedov va N’Medov kompaniyalar guruhi vitse-prezidenti Muslima Nurullayevna Sunnatullayeva kutib oldi.

Delegatsiya a’zolari korxonada yuqori sifatli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanilayotgan zamonaviy uskunalar, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llanayotgan texnologiyalar bilan tanishdi. Delegatsiya vakillari mahsulotlarning keng assortimenti, shuningdek, xalqaro sifat standartlariga, jumladan, “Halol” sertifikatiga mosligini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, Crafers mahsulotlari qirg‘izistonlik iste’molchilarga allaqachon yaxshi tanish: 2022 yil oxirida Qirg‘iziston Respublikasi Crafers mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar orasida yetakchiga aylandi.

Crafers qandolat fabrikasi – Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy va texnologik jihatdan ilg‘or ishlab chiqarish korxonalaridan biridir. Korxonada 160 turdan ortiq sifatli va halol qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi.

2021 yildan boshlab Crafers N’Medov holdingi tarkibiga kirdi va kompaniya yangi sur’atlarda rivojlana boshladi. Bu yil kompaniya o‘zining 5 yilligini nishonlamoqda. Bunday qisqa vaqt ichida Crafers mahsulotlari nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyo, Yevropa va hatto Afrikada ham sevib iste’mol qilinmoqda.

Batafsil ma’lumotni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida va telefon orqali olish mumkin: (+99871) 207-72-07.

Sayt: crafers.uz

Facebook: fb.com/CrafersUz

Instagram: @crafersuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top