15:30 / 11.03.2023
11853

Toshkentda yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytda 3 ta bo‘sh vagon izdan chiqib ketdi

Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida yuk poyezdining 3 ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketdi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi tegishli tarkibiy bo‘linmalar voqea sabablarini o‘rganish boshlaganini bildirdi.

Foto: Bosh prokuratura

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida poyezd vagonlari relsdan chiqib ketgani aytilgan xabar tarqaldi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi axborot-tahliliy media markazi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 11 mart kuni soat 11:50 atrofida Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida 2101-sonli yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytida 3 ta bo‘sh vagon izdan chiqib ketgan.

Kompaniya xabariga ko‘ra, tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan zudlik bilan holat yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ko‘rilib, voqea sabablarini o‘rganish boshlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati poyezd Qo‘qon — To‘qimachi — Aris (Qozog‘iston) yo‘nalishidagi yuk poyezdi tarkibida jami 51 ta har xil turdagi bo‘sh vagonlar bilan harakatlangan. Holat ortidan tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas.

Voqea joyida tergov-tezkor guruhi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top