15:52 / 12.03.2023
24376

Poligonda tayyorlanayotgan yangi kuchlar va o‘qqa tutilayotgan Chasiv Yar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 381-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning ma’lum qilishicha, keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab qariyb 7,5 mlrd dollarlik 821 ta qanotli va ballistik raketalar uchirgan.
  • «Mediazona» va BBC ochiq manbalar orqali urushda halok bo‘lgan 16 774 nafar rossiyalik harbiy o‘limini tasdiqladi.
  • «Vagner» XHK yollanma jangchilar yollash bo‘yicha markazlar ochilgani haqida xabar berdi. «Taygi.Info» ma’lumotiga ko‘ra, Sibirda ular maktablar va sport klublarida joylashgan.
  • Yevroittifoq Yevropa mahsulotlari importini oshirgan mamlakatlardan bu mahsulotlar Rossiyaga yetib bormasligini sinchkovlik bilan nazorat qilishni so‘radi.
  • Sankt-Peterburgda «Vse svobodny» kitob do‘koni vitrinasiga o‘q uzildi. Unga shunday yozilgandi: «Miru — mir» (Dunyoga tinchlik).
  • Buyuk Britaniya Olimpiadaning yirik homiylarini Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga bosim o‘tkazib, Rossiya va Belarus sportchilari Parijdagi o‘yinlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashga chaqirdi.
  • Ukraina Rossiya bukmekerlik idoralariga sanksiya qo‘lladi.

Baxmutga yo‘ldosh shahar — Chasiv Yar o‘qqa tutilishi oqibatlari

Chasiv Yar — Baxmutdan g‘arbdagi kichikroq shahar bo‘lib, 2022 yil fevraliga qadar bu yerda 12 ming atrofida odam yashagan. 2022 yil iyulida shahar Rossiya kuchlari tomonidan yoppasiga o‘qqa tutilgandi: mahalliy yotoqxona binosi qisman vayron bo‘lgan, yana bir qancha binolar shikastlangandi, bu zarba oqibatida, BBC xabariga ko‘ra, 45 kishi halok bo‘lgan, jumladan to‘qqiz yoshli bola ham. Rossiya qo‘shinlari Baxmut atrofida ilgarilayotgani tufayli ushbu shahar ham tez-tez o‘qqa tutilmoqda: Baxmutdagi ukrain kuchlar ta’minoti undan bir necha kilometr g‘arbda joylashgan Chasiv Yar orqali amalga oshiriladi. Bu hududda Ukraina qurolli kuchlari mudofaasining yangi liniyasi tashkil etilmoqda, so‘nggi haftalarda internetda Baxmutdan ushbu shaharga chekinayotgan harbiylar o‘qqa tutilishi oqibatlari aks etgan qator videolar paydo bo‘ldi.

Chasiv Yarda shikastlangan avtomobil oldida turgan ukrainalik harbiy
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Zarbalardan shikastlangan turar joy binosi
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Chasiv Yarda shikastlangan avtomobil
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Shahar aholisi vakili shikastlangan BMP-2 va yo‘ltanlamas oldidan o‘tmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari

9 mart tongida Rossiya qo‘shini Ukrainaning qator shaharlarini, jumladan Xersonni ham yoppasiga o‘qqa tutdi. Shu kuni zarbaga uchragan boshqa shaharlardan farqli o‘laroq Xerson amalda doimiy ravishda o‘qqa tutiladi — Rossiya qo‘shini 2022 yil noyabrida Dniproning chap sohiliga chekinganidan buyon.

Politsiya Xersonning Rossiya kuchlari zarbasi kelib tushgan hududidagi vaziyatni o‘rganmoqda
Ivan Antypenko / Reuters / Scanpix / LETA

Belarus bilan chegara yaqinida tayyorgarlik o‘tayotgan ukrain askarlari

Rossiya qo‘shini 2022 yil bahorida Kiyev oblastidan chekinganidan buyon Ukraina-Belarus chegarasi atrofida harbiy harakatlar olib borilmayapti. Shunga qaramay nazariy jihatdan urushga belarus qo‘shinlari qo‘shilishi yoki Rossiya yana Kiyevga hujum qilishga urinishi ehtimoli tufayli regiondagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Ukraina qurolli kuchlari bu hududda safarbar qilinganlar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda va Belarusga olib boruvchi yo‘llarni minalamoqda.

Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Svatovo va Kreminna atrofidagi ukrain harbiylari

So‘nggi haftalarda rossiyalik harbiylar Ukraina shimoliy hududlarida — o‘tgan yil kuzida Ukraina qurolli kuchlari Balakliya atrofida boshlangan qarshi hujumdan keyin ozod etgan hududlarni qayta egallash uchun yana bir bor oldinga yurishga harakat qilmoqda. Hozircha bu urinishlar jiddiy muvaffaqiyatlarga erishmayapti — bu hududda front chizig‘i amalda o‘zgarishsiz qolmoqda. Quyidagi suratlar front chizig‘idan o‘n kilometr g‘arbda joylashgan, Ivan Bogun nomidagi maxsus topshiriqli 1-alohida brigada qo‘nim topgan Nevskoye qishlog‘ida olingan. Bu brigada Xarkiv oblastida o‘tgan yil kuzida uyushtirilgan muvaffaqiyatli qarshi hujumda ishtirok etgandi.

Ivan Bogun brigadasi harbiy mashinasi Xarkiv va Luhansk oblastlari chegarasida
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Nevskoye qishlog‘ida joylashgan brigada harbiylari va texnikalari
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Maxsus topshiriqli 518-alohida batalon serjanti Sergey Vengerskiy Nevskoye qishlog‘i tomon yo‘lda
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainaning turli hududlaridagi vayrongarchiliklar

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top