11:51 / 13.03.2023
27707

O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida Rossiyaning ulushi yuqori

2022 yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 270 trln so‘mni tashkil etgan.

Foto: Getty Images

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 112,2 trln co‘m miqdorida qayd etildi.

O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

  • Rossiya – 20,3 foiz;
  • Xitoy – 16,4 foiz;
  • Turkiya – 10,1 foiz;
  • Germaniya – 6 foiz;
  • Saudiya Arabistoni – 6 foiz;
  • AQSh – 3,8 foiz;
  • Kipr – 3 foiz;
  • Italiya – 2,4 foiz;
  • Shveytsariya – 1,9 foiz;
  • Buyuk Britaniya – 1,6 foiz.
Top