16:58 / 14.03.2023
8178
Reklama

Jomboy va Piskent tumanlarida ISHONCH do‘konlar tarmog‘i yangi filiallarini ishga tushirdi

Hozirgi kunda ISHONCH – bu nafaqat maishiy texnika, elektronika va uy uchun mahsulotlar do‘konlar tarmog‘i, balki respublikamizda ushbu sohadagi boshqa kompaniyalar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelayotgan kompaniya hisoblanadi.

Foto: ISHONCH

ISHONCH kompaniyasi faoliyatini raqamlarda ko‘rib chiqamiz:

-        Respublika bo‘ylab 70 dan ziyod savdo do‘konlari mavjud;

-        Kompaniyada jami 3000 dan ortiq xodimlar ishlab kelmoqda;

-        Savdo do‘konlarda 7000 dan ortiq mahsulotlar assortimenti taqdim etilgan;

-        Kompaniya O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan iste’molchilar e’tirofiga ko‘ra 2020 yil va 2021 yil Brendi mukofotini qo‘lga kiritgan;

-        TAF!22 Toshkent reklama festivalida 12 ta mukofotni qo‘lga kiritgan

2023 yilda yangi hududlarga chiqish orqali aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish, turmush tarzini yaxshilash va qulay shartlarda keng turdagi mahsulotlarni muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyatini taqdim etishni o‘zining asosiy maqsadi qilib olgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i joriy yilning 10 mart kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida, 13 mart kuni esa Toshkent viloyatining Piskent tumanida yangi filiallarini ishga tushirdi. 

Yangi savdo do‘konlarining tantanali ochilish marosimlariga tashrif buyurgan mehmonlar taqdim etilgan 7000 xildan ortiq mahsulotlarning keng assortimenti bilan tanishish, xaridorlar uchun ko‘zda tutilgan qulayliklar va takliflarni o‘rganib chiqish hamda faqat ochilish kuni barcha mahsulotlarni 20% gacha chegirma bilan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining barcha filiallarida mijozlar uchun bir qator qulayliklar taqdim etilgan: budjet tashkiloti xodimlari va pensionerlar uchun muddatli to‘lov shartnomasini rasmiylashtirish uchun faqat pasport kifoya, ma’lum turdagi mahsulotlarni bepul yetkazish va o‘rnatish xizmatlari, doimiy asosda o‘tkaziladigan aksiyalar va sovrinli tanlovlar, bonuslar shular jumlasidan. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, joriy yil boshidan ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida belgilangan turdagi mahsulotlarni 24 oylik muddatli to‘lovga sotib olish imkoniyati joriy etildi.

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i Buxoro viloyati Jondor tumani, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani va Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri aholisi uchun ham tez orada yangi filiallarini ishga tushirishni reja qilgan.

Agar sizda ushbu kompaniyada ishlash uchun qiziqish bo‘lsa o‘z anketangizni Telegram orqali https://t.me/ishonchanketabot to‘ldirib qoldirishingiz mumkin. Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni esa https://t.me/hrfmishonch Telegram-kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.  

Batafsil ma’lumot, savol va murojaatlar uchun:

+99873-515-22-22, t.me/ishonchadmin 1

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: https://t.me/ishonch  

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/ishonchsavdo

 Reklama

Mavzuga oid
Top