18:11 / 15.03.2023
5493

Dam olish kunlarida ham eski «prava»ni yangisiga almashtirish imkoni yaratildi

Foto: KUN.UZ

18-19-20 va 22 mart kunlari DXM hamda IIBB YHXB bo‘limlari tomonidan eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunaga almashtirish mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

Yuqorida qayd etilgan kunlarda haydovchilar DXMlar hamda IIBB YHXB bo‘limlari orqali ertalab soat 9:00 dan kechgi soat 18:00 gacha xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Eski namunadagi “prava”ni yangisiga almashtirish uchun, shuningdek, uydan turib YaIDXP buyurtma berish mumkin. 

Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga almashtirilishi lozim:

  • 2010 yilgacha berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
  • 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
  • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha;
  • 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.
Top