13:22 / 20.03.2023
6997

Uzbekistan Airways aprel oyidan Indoneziyaga parvozlarni tiklaydi

To‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar 2023 yilning 26 aprelidan boshlab haftada bir marta - chorshanba kunlari amalga oshiriladi. 

Foto: Kun.uz

Uzbekistan Airways joriy bahor-yoz mavsumida parvozlar geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda, deb xabar berdi aviakompaniya.

Ma’lum qilinishicha, uch yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent – Jakarta – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar tiklanmoqda. To‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar 2023 yilning 26 aprelidan boshlab haftada bir marta - chorshanba kunlari amalga oshiriladi. 

Jakartadan Indoneziyaning Bali oroliga qulay tutashuv reyslari mavjud. Aviaqatnovlar Dreamliner 787 havo kemasida amalga oshiriladi.

Top