16:50 / 22.03.2023
6598
Reklama

Payme xalqaro Global Economics Awards tomonidan “Eng yaxshi provayder” deb topildi

Foto: Payme

Dubayda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Payme Britaniyaning The Global Economics Limited moliyaviy nashriyoti tomonidan 2022 yildagi «Raqamli to‘lov xizmatlarining eng yaxshi provayderi» deb tan olindi.

Dubayda Global Economics Awards mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zlarining mintaqaviy va global iqtisodiyotda eng yaxshi mehnat madaniyatini yaratish uchun butun kuch-g‘ayratini sarflaydigan biznes-korxonalar mukofotlanadi. Global Economics Awards dasturi g‘oliblarining qat’iyatli va nufuzining timsoli bo‘lib xizmat qiladi va kompaniyalarga nisbatan rag‘batlantirish va ishonchni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Payme yildan yilga takomillashish hamda foydalanuvchilarining turmushini yaxshilash uchun xizmatlar taqdim etish ustida ishlashda davom etmoqda. Bugunga kelib esa raqamli xizmatlarni yetkazib beruvchi bu kompaniya mahalliy foydalanuvchilarning ishonchi va xalqaro dasturlarning mukofotlari ko‘rinishida faoliyatining mevasidan bahramand bo‘lmoqda. The Global Economics Limited versiyasi bo‘yicha 2022 yildagi «Raqamli to‘lov xizmatlarining eng yaxshi provayderi» deb tan olinishi shunday mukofotlardan biri bo‘ldi.

«Payme ushbu nufuzli mukofotdan faxrlanadi. Bu to‘lovlarning innovatsion yechimlarini va mijozlarga mo‘ljallangan yondashuvni taqdim etish borasidagi intilishimizdan dalolat beradi. Mahsulot va xizmatlarimizning ishonchliligini tan oluvchi foydalanuvchilarimiz bizga yuksak darajada sodiq bo‘lib kelishmoqda», – deb ta’kidlashdi kompaniyada.

Kelgusida fintex-kompaniya to‘lov tizimlari va elektron tijoratni takomillashtirishga kuch sarflashni rejalashtirmoqda. Payme ishlab chiquvchilarining jamoasi xizmatlarni rivojlantirishning avvaldan belgilangan yo‘nalishi – iste’molchilarga yangi to‘lov imkoniyatlarini taklif qilish, miqyosidan qat’i nazar kundalik moliyaviy masalalarni hal etishda ustunlik taqdim etish yo‘lidan olg‘a bormoqda.

Reklama

Top