14:15 / 24.03.2023
7097

Yevropaliklarning to‘rtdan uch qismi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayapti

Foto: AP

«Yevrobarometr»ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa aholisining 74 foizi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Rheinische Post gazetasi xabar bermoqda

Respondentlarning 65 foizi Ukrainaga qurol-yarog‘ va boshqa harbiy yordam yetkazilishini yoqlaydi. YeIdagi aksariyat fuqarolar Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi agressiv urushiga qarshi ko‘rilayotgan choralardan mamnun. 

Biroq so‘ralganlarning 80 foizi Yevroittifoq davlatlaridan qurol sotib olishda o‘z harakatlarini yaxshiroq muvofiqlashtirishni ham talab qilmoqda.

«Yevrobarometr» - bu Yevropa Komissiyasi nomidan muntazam ravishda turli mavzularda o‘tkaziladigan so‘rovnomalar seriyasidir. Yanvar oyining o‘rtalaridan fevral oyining boshigacha Yevropa Ittifoqida 26 mingdan ortiq odam so‘rovdan o‘tkazildi. 

Mavzuga oid
Top