15:06 / 02.05.2015
4828

Toshkentda noqonuniy tarzda kiyim-kechak ishlab chiqarayotganlarning faoliyati qonuniylashtirildi

Kun.uz: Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi xonadonlardan birida fuqarolar M.Bekmirzayev va M.Yusupova yashirin tarzda bir necha yollanma ishchilar bilan og‘zaki shartnoma tuzib, kiyim-kechak ishlab chiqarayotgani ma'lum bo‘ldi. Bu fuqarolar mahsulotlarini bozorda pullash orqali 2014 yilning iyun oyidan 2015 yilning fevraliga qadar 20 mln so‘m foyda ko‘rishgan. M.Bekmirzayev va M.Yusupova qilmishlaridan chin dildan pushaymon bo‘lishgani uchun ularning faoliyatiga qonuniy tus berishga ko‘maklashildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida "Omad Nur Nihol" nomli oilaviy korxona barpo etildi va bu yerda 6ta yangi ish o‘rni yaratildi. xab-2
Top