14:47 / 05.05.2015
3403

“O‘zbekiston temir yo‘llari” ikkita yangi Talgo poyezdlarini sotib oladi

Afrosiyob tezyurar poyezdi © uztransport.uz “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Ispaniyaning Patentes Talgo kompaniyasidan ikkita yangi tezyurar poyezd sotib oladi. Uzbekistan Today’ning xabar berishicha, yangi poyezdlar “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda ikkita Talgo – Afrosiyob poyezdlari “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida harakat qilmoqda. Qayd etishlaricha, yangi sotib olinadigan poyezdlar Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotganlariga nisbatan ikki vagon uzun bo‘ladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari”dan ma'lum qilishlaricha, hozircha muzokaralar davom etmoqda, shartnoma imzolanmagan, poyezdlar qachon yetib kelishi ham noma'lum.

Top