04:53 / 08.05.2015
2929

Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishi mumkin

Serbiya prezidenti Tomislav Nikolich Belgradning Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi siyosatiga norozi ekanligiga qaramasdan, Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishga to‘g‘ri kelishini tan oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Nikolichning aytishicha, Yevropa ittifoqiga kirish tashqi siyosatda yagona tamoyilga ergashishni anglatadi.

“Biz barcha Yevropa rasmiy shaxslariga hozir Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishiga rozi emasligimizni ayon etdik, biroq biz Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lganimizda, unda birgalikdagi tashqi siyosatni yuritishga majbur bo‘lamiz”, deb aytdi Serbiya prezidenti.  

Nikolich Serbiyaning YeIga intilishi Belgrad bilan Rossiya munosabatlariga xalaqit bermaydi, deb aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeIga kirishdagi bosh muammolar Kosovo va Metoxiya bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Top