06:00 / 12.05.2015
2874

Boing-767-300BSF samolyotida Navoiydan Shanxayga yuk tashish boshlandi

Yo‘lovchi samolyotlarni yuk tashuvchi samolyotlarga qayta jihozlash loyihasiga ko‘ra rekonstruksiya qilingan Boing-767-300BSF avialayneri Navoiy xalqaro aeroportidan Shanxayga yuk tashishni amalga oshirishni boshladi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 12 mayda qabul qilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasiga tegishli ikkita Boing-767-300ER yo‘lovchi samolyotini yuk samolyotiga qayta jihozlash haqidagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston milliy aviaparki ikkita zamonaviy havo kemalari bilan to‘ldirildi. Natijada turli davlatlarga yuklarni tashish imkoniyati kengaydi. 

Bugungi kunda Navoiy aeroport negizida tashkil etilgan logistika xalqaro markazi orqali turli davlatlarga parvozga oshirilmoqda, xususan, Hindiston, Xitoy, Yevropa, Janubi-sharqiy Osiyoga yuk tashilmoqda. Markaz orqali uning foydalanishga kiritilgan paytidan bugungacha 200 ming tonnadan ko‘proq yuk tashilgan.     

Markaz O‘zbekiston Prezidentining 2008 yil 31 dekabrdagi “Navoiy aeroporti negizida xalqaro intermodal logistika markazini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan yaratilgan markaz  Navoiy viloyatining Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 magistralida joylashgan Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turuvchi havo ko‘prigi bo‘lib xizmat qiladi hamda O‘zbekistonni butun dunyo bilan bog‘lab turadi. Bunda xalqaro ahamiyatdagi ushbu yo‘lda “Navoiy” erkin sanoat-iqtisodiy hududining yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, haftasiga ikki marta Navoiy-Shanxay-Navoiy yo‘nalishida parvoz amalga oshiruvchi ushbu samolyot 56 tonna yuk tashish quvvatiga ega.  Shanxayga parvoz amalga oshirgan samolyot muayyan punktdan Navoiyga yuk olib keladi. Yangi yo‘nalishlarda harakatlanuvchi havo kemalari endilikda Amsterdam, Mumbay va Frankfurt yo‘nalishida parvoz amalga oshiradi.

Top