09:14 / 15.05.2015
2523

Pora evaziga “Ural” yuk mashinasini olgan buryat yo‘l politsiyachilari 7 yilga qamaldi

Buryatiyada Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari “Ural” yuk mashinasini pora tariqasida olganlari uchun 7 yil qamoq jazosiga va 19 mln rubl jarimaga hukm qilindi. Bu haqda respublika prokuraturasi saytida ma'lum qilindi.
Tergovning aniqlashicha, inspektorlar Norboyev va Ushkov “Irokinda” koni tog‘-transport sexi rahbaridan pora sifatida “Ural” yuk mashinasini olgan. Uning narxi bozorda 320 ming rublni tashkil qiladi. Buning evaziga politsiyachilar transport sexi haydovchilarining huquqbuzarliklarini “ko‘rmay qolishlari” talab etilar edi.
Sud inspektorlarni aybdor deb topib, 7 yil qattiq rejimli koloniyada ozodlikdan mahrum qilishga hukm qildi. Shuningdek, huquqbuzarlar 19.3 mln rubl miqdorida jarima to‘laydi.

Top