Rio-2016 Olimpiadasining 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Rodriges Misaelga qarshi ringga chiqdi.
O‘zbekistonlik bokschi 3 raundda (30:27, 29:28, 30:27) ham raqibidan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Finalda o‘zbekistonlik bokschi kubalik Arlen Lopesga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bu jang 20 avgust kuni o‘tkaziladi.