10:28 / 21.08.2016
8906

Erdo‘g‘an Turkiya janubidagi terakt IShID tomonidan sodir etilganini ma'lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning fikr bildirishicha, mamlakat janubidagi Gaziantep shahrida ro‘y bergan portlash IShID aloqador kuchlar tomonidan sodir etilgan. Bu haqda AFP xabar tarqatdi.

Agentlikning yozishicha, Erdo‘g‘an o‘z bayonotida isyon tashkilotchisi Fathulloh Gulen, Kurdiston ishchilar partiyasi hamda IShIDning bir-biridan farq qilmasligini aytgan va Gaziantepdagi portlashda IShIDning qo‘li borligini qayd etgan.

Gaziantep shahridagi to‘yda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 kishigacha yetdi, 100 kishi yaralandi.

Mamlakat bosh vaziri Mehmet Ishik bu terakt xudkush orqali sodir etilganini ma'lum qilgan.

Top