14:00 / 23.11.2016
41721

AQShda kuniga 1700 nafar yangi millioner paydo bo‘lmoqda

Foto: © Fotolia

Maoshlarning sekin o‘sishi hamda yosh amerikaliklarning ishga joylashish istiqbollarining kamayishiga qaramay, AQSh dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan ko‘proq millionerlar shahri hisoblanadi. 

Boston Consulting Group ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin yillarda moliyaviy ahvoli million dollardan oshuvchi amerikaliklar soni kuniga o‘rtacha 1700 nafarga o‘sadi. 2020 yilga borib, AQSh millionerlar jamiyati 3,1 million yangi a'zoga ko‘payishi kutilmoqda. 

2010 yildan 2015 yilga qadar mamlakatdagi millionerlar soni 2,4 millionga o‘sgan. Hozirda Amerikada ko‘chmas mulk va hashamat buyumlarini hisobga olmaganda moliyaviy ahvoli 1 million dollardan oshuvchi 8 million oila mavjud. 

Millionerlar sonining tezkorlik bilan o‘sishi mamlakatda vorislar sonining o‘sishi bilan izohlanmoqda. 

Spectrem Group tadqiqotida yozilishicha, avloddan avlodga meros qoldirish moliyaviy o‘sishda muhim ahamiyatga ega. So‘roq qilingan moliyaviy ahvoli 25 million dollardan oshuvchi, 50 yoshdan kichik investorlarning 73 foizdan ko‘prog‘i ularning muvaffaqiyatga erishishida merosning o‘rni katta bo‘lganligini qayd etishgan. 
 

Top