23:05 / 16.06.2017
9735

Manbalar Londonda sodir bo‘lgan yong‘inda 70 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildilar

Foto: RIA Novosti

Londonning Shimoliy Kensington tumanidagi 24 qavatli turar-joy binosida sodir bo‘lgan yong‘in taxminan 70 nafar odamning umriga zomin bo‘ldi, deb xabar bermoqda tergovga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda Sky News telekanali.

Avvalroq favqulotda xizmatlar 30 kishining halok bo‘lganini xabar qilgandilar va qurbonlar soni oshishi mumkinligidan ogohlantirgandilar. 

Bu orada yong‘inda halok bo‘lganlar yaqinlari tuman ma'muriyati binosiga bostirib kirib, ularga tergov borishi haqida to‘liq ma'lumotni taqdim qilishni va jabrlanganlarga  zudlik bilan moliyaviy yordam ko‘rsatishni talab qilganlar.

Binodagi yong‘in 14 iyunga o‘tar kechasi yuz bergan. Avvalroq kamida 30 kishi halok bo‘lgani, 24 kishi shifoxonada ekanligi, ulardan 12 nafari og‘ir ahvoldaligi ma'lum qilingandi. O‘t o‘chiruvchilarning ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida 120ga yaqin oila jabr ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Binoda yashagan 600 odam yaqin oradagi jamoat markazlari, masjid va cherkovlarda vaqtinchalik joylashtirilgan. Binoda asosan Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridan kelganlar yashagan. 

Mavzuga oid
Top