14:57 / 16.06.2017
3802

Toshkentda sport boulingi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi

Poytaxning «The Bowler» (Samarkand Darvoza SKM) klubida 15-17 iyun kunlari davomida o‘n kegelli sport boulingi bo‘yicha XV O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu uch kunlik musobaqalar 2016-2017 yilgi mavsumni yakunlab beradi. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi g‘oliblar joriy yilning 4-12 noyabr kunlari Meksikaning Ermosilo shahrida bo‘lib o‘tadigan QubicaAMF jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritadi.

Musobaqalarda 40 ga yaqin boulerlar ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid
Top