13:56 / 20.09.2017
7115

Respublikaning barcha ta'lim maskanlarida imom-xatiblar bilan uchrashuvlar yo‘lga qo‘yildi

Foto: Musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi

Toshkent shahridagi barcha imom-xatiblar yangi o‘quv yilidan boshlab shahardagi barcha ta'lim muassasalar: umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida bir oyda bir marta “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida diniy-ma'rifiy mavzularda uchrashuvlar o‘tkazishni boshlagani haqida xabar qilingan edi. 

KUN.UZ muxbiri O‘zbekistonning maktab yoshidagi fuqarolariga ta'lim-tarbiya berish jarayoniga imom-xatiblarni ham keng jalb etish amaliyoti respublikaning barcha hududlarida birdek joriy qilinganini bilish maqsadida O‘zbekiston Musulmonlari idorasiga murojaat qildi. 

Idora vakilining ma'lum qilishicha, bugungi kunda imom-xatiblar ishtirokidagi uchrashuvlar respublikaning barcha mintaqasidagi maktablar, litseylar va kasb-hunar kollejlarida bo‘lib o‘tmoqda. Uning oydinlik kiritishicha, uchrashuvlar bir oyda bir marta emas, balki tasdiqlangan rejaga muvofiq, oyda ikki marta bo‘lib o‘tadi. 

Uchrashuvlarda “Ilm olish fazilat”, “Vaqtni qadrlang”, “Giyohvandlik – ofat”, “Ustozlarga hurmat”, “Ota-onaga hurmat”, “Poklik iymondandir”, “Isrofgarchilikning oldini oling” kabi 17 mavzu bo‘yicha Islom dini ta'limoti o‘rgatilishi yo‘lga qo‘yilgan. 

 

Top