10:21 / 26.04.2018
8782

"O‘zbekenergo" AJga kelib tushgan murojaatlarning 95 foizi hal etildi

Qirovli kunlar ortda qolib O‘zbekistonda iliq kunlar boshlandi. Bu yil qishda eng muhim yangiliklardan biri o‘tgan yillarga qaraganda mamlakatning deyarli barcha joylarida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar kamroq bo‘ldi. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida "O‘zbekenergo" AJning xalq bilan muloqot qilishga alohida e'tibor qaratganida, deb baholash mumkin. 

Bugungi kunda jamiyat Boshqaruv Raisi tashabbusi va bevosita nazoratida faoliyat yuritayotgan Telegram messenjerida “O‘zbekenergo” AJ bilan muloqot” kanali ishga tushirilganligi elektr energiyasiga oid muammo va kamchiliklarni tezda hal qilishga  sabab bo‘lmoqda.

Jamiyat axborot xizmatining xabar berishicha, kanal ishga tushgandan buyon jami 23 000dan ortiq murojaat kelib tushgan, shulardan 21 000ga (95 foiz) yaqin murojaat o‘z yechimini topgan. Qolgan murojaatlar hozirgi kunda ko‘rib chiqilmoqda.

Tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib tezkorlikda o‘z yechimini topishi uchun har bir viloyatda alohida xodim ajratilgan bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, tushayotgan murojaatlarni joyning o‘zida hal bo‘lishi imkonini yaratmoqda.

“O‘zbekenergo” AJning Telegram  internet ilovasidagi   “Uzbekenergo" AJ  bilan muloqot”  kanali o‘z ishini davom ettirmoqda.  Iste'molchilarga yana ham qulaylik yaratish maqsadida  “O‘zbekenergo” AJning (+998 71) 202-50-01 ishonch telefoni hamda (+998 71) 202-50-55 Call-markaz uzluksiz faoliyat ish yuritilishi yo‘lga qo‘yildi.

Top